Bir necha yildan beri O‘zbekiston bozoridagi marketing ahvolini ko‘rib bozorni o‘zgartira oladigan, tadbirkorlarning talabini qondira oladigan, biznesga haqiqatan natija bera oladigan marketing xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib yurardim.
<aside> 💡
Ana shu maqsad 2024-yil iyul oyida haqiqatga aylana boshladi. Biznes sherigim bilan birgalikda Aman Marketing nomi ostida agentlik ochishga qaror qildik.
</aside>
Bu shunday agentlikki, unda tadbirkorning biznesi omonat sifatida qabul qilinadi va natijaga olib chiqish uchun maksimal harakat qilinadi. Natija deganda obunachilar yoki lidlar emas, balki aynan SOTUV nazarda tutilyapti.
Agentlik konsepti va produktlari, jamoa tayyor bo‘lgandan keyin ikkita maktab loyihasi olindi. Ikkalasida ham deyarli bir xil ish qilindi. Ya'ni Marketing + Sotuv shaklida.
Eng qizig‘i bu loyihalardan birida natija juda zo‘r bo‘ldi, ikkinchisida esa agentlik zararda chiqdi)). Bu maqolada birinchisi haqida gaplashamiz. Ikkinchisi esa alohida katta mavzu
https://www.instagram.com/reel/C_XdLv8OPzC/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
Singapur xalqaro maktabi MDIST va INHA universitetlari bilan hamkorlikda ochilgan xususiy maktab. Uni kuchli tomonlari – STEAM dasturi, yuqoridagi universitetlardagi o‘qituvchi professor va fan doktorlari maktabda dars beradi. 50% o‘qituvchilar xorijlik. Oylik to‘lov: 5 500 000 so‘m.
Konkurensiya juda katta bo‘lgan bozorda faqatgina sifatli produkt hisobiga yutish mumkin. Agar u bozordan qimmatroq bo‘lsa ham). Shunday ham bo‘ldi. Maktabdagi shart-sharoit boshqa luxury maktablarnikidek zo‘r bo‘lmasa ham, narxi ularnikidan 10-20% baland bo‘lsa ham, ta’lim bo‘yicha berilayotgan taklif zo‘rligi uchun natijalar zo‘r bo‘ldi.
Birinchi marta loyiha bilan uchrashganimizdagi asosiy so‘rov sotuv edi. Avgust oyining ilk 5 kunligi. Eng kamida oy oxirigacha 250 ta o‘quvchi olinishi kerak, keyinchalik yil oxirigacha bu sonni 450 ga olib chiqish kerak.
O‘sha paytda bori faqatgina 50 ta to‘lov va 100 ta berilgan shartnoma (undan yana 50 ta to‘lov qilinishi kutilayotgandi). Blogerlar uchun katta byudjet sarflangan, lidlar juda ko‘p, maktabga keluvchilar ham kam emas, lekin sotuv tempi yetarli darajada katta emas. Kuniga 5-10 ta sotuv bor. Bu ketishda 20 kunda zo‘rg‘a 250 tani yopamiz degan fikr bor edi.